Axborot xizmatlari qanday ishlashi kerak?

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarda asosan shu haqda so‘z yuritilmoqda.

"Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar" mavzuidagi seminarda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda.