Axborotni erkin olish va tarqatish kafolatlanadi

"Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra:

👉 jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega;

👉 jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas;

👉 davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi;

👉 jurnalistning faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.

Jurnalist o‘z faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish, ma’lumotlarni belgilangan tartibda zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.