Axborotning haddan tashqari ko‘pligi xavflimi? Olimlar bong urmoqda
- Nosog‘lom turmush tarzi, ekologiya, stress kabi omillar bilan bir qatorda ortiqcha ma’lumotlar ham zamonaviy inson sog‘lig‘iga zarar ko‘rsatadi, - deydi Rensseler politexnika instituti (AQSh) tadqiqotchilari. Ular axborotning informatsion zo‘riqishni ifloslangan havo bilan solishtirish mumkinligini isbotlab berishdi.
Tadqiqot natijalari “Nature Human Behavior” ilmiy jurnalida chop etildi.
Tadqiqotchilar axborotning haddan tashqari ko‘pligi yoki informatsion chiqindi inson salomatligiga atrof-muhitdagi zararli moddalar kabi ziyon yetkazadi, degan xulosaga kelishdi.
Hodisa ijtimoiy tarmoqlardagi materiallardan foydalanish bilan bog‘liq, negaki, odam Internetda o‘zi o‘zlashtirib, qayta ishlov bera olmaydigan haddan tashqari ko‘p ma’lumotlarni “iste’mol” qiladi.
Bu qanday tahdid?
Informatsion chiqindi ruhiy jihatdan ham xavflidir. Ma’lumotlarni isloh qilishga ulgura olmaslik bilan birga, odam kamida ularni to‘g‘ri baholashni to‘xtatadi.
So‘ng qaror qabul qila olmaslik rivojlanadi, aloqa doirasi torayadi, o‘zidan, ishidan va hokazolardan qoniqmaslik va motivatsiya bilan bog‘liq muammolar (aniqrog‘i uning yo‘qligi) paydo bo‘ladi.
Natijada, informatsion zo‘riqish ijobiy odamning salbiy fikrlaydigan mavjudotga aylanishiga olib keladi.
Hodisani "ma’lumotlar qurumi" deb atagan olimlar, u yetkazadigan zarar millionlab dollarlarga yetishi haqida gapirishmoqda. Va bu masalada, ilm-fan, ta’lim va qonunchilik darajasida zarur choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
Tadqiqotlar davom etmoqda.