Ayni soatlarda kasallik aniqlanganlar va davolanib chiqqanlar soni bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etilmoqda
2020 yil 03 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326 (+127) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6161 (+127) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Demak, bugun ayni soatlarda kasallik aniqlanganlar va davolanib chiqqanlar soni bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etilmoqda.
‼️Hozirda mamlakatimizda 3137 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.