“Ayollar daftari”dagilarni uy-joy, mol-mulkdagi ulush, aliment, moddiy zararni undirish masalalari qiziqtirdi

Jomboy tumani Qo‘lbosti mahallasida "Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy, tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, sud hamda tijorat banki xodimlari tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Tepa qishloqlik R.Mardiyeva meros ishi bo‘yicha tumanlararo iqtisodiy sud raisi N.Tursunovadan huquqiy maslahat oldi. Mahbuba Temirovaning kredit so‘rab qilgan marojaati Xalq banki xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi.

Shuningdek, uy-joy, mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan huquq, aliment hamda moddiy zararni undirish bo‘yicha 30 ga yaqin murojaat tushdi.

Ehtiyojmand xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Jomboy tuman hokimligi axborot xizmati.