Ayrim toifa fuqarolarning 16 yoshga to‘lmagan farzandlariga 500 ming so‘mdan tarqatiladi
Shavkat Mirziyoyev «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga binoan, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilsin:
➖ moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
➖ boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
➖ nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.
Yuqorida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m etib belgilandi.