Bag‘doddagi COVID-kasalxonasidagi yong‘in qurbonlari 88 kishiga yetdi, 100 dan ortiq xodim va bemor jarohatlandi

Iroq ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 24 aprel kuni kechqurun kislorod ballonlari saqlash joyida portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng jonlantirish bo‘limini yong‘in qamrab olgan va sarosima boshlangan.

Yong‘inni o‘chirishda 30 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi moslamalar ishga solindi, mahalliy aholi odamlarni evakuatsiya qilishga yordam berdi. Iroq sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 200 dan ortiq jabrlanganlar hayoti saqlab qolingan. Ikki qavatli binoning ichki xonalari to‘liq yonib ketgan.

Iroqda uch kunlik motam e’lon qilindi. Bosh vazir Mustafa al-Kazimiy fojia sababi sifatida beparvolik va noto‘g‘ri boshqaruvni aybladi. Arab nashrlari xabar berishicha, binolar tez yonuvchan materiallar bilan qoplangan, shifoxonada yong‘in tizimi mavjud emas, favqulodda xizmatlar esa yong‘in signalini kech olishgan.

Tekshiruv doirasida kasalxona bosh shifokori hibsga olingan. Iroq sog‘liqni saqlash vaziri va Bag‘dod gubernatori lavozimidan ozod etilgan.