Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bank xodimlari tilga e’tiborli

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tilga e’tibor - elga e’tibor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Shavkat Maxmadiyev o‘zbek tilining o‘ziga xos, betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli haqida bank mutaxassislariga ma’lumot berdi.