Bankir kundaligidan: "Nega mijozlar bankomatdan chek chiqarishga chiqarib, keyin yerga tashlab ketishadi?"
Bir vaqtlar plastik kartani pul qilish uchun 15-20 foizdan voz kechardik, kerak bo‘lsa, bir oygacha kutardik. Hozir esa istagan vaqtimiz 1 foiz evaziga naqt pul qildirib olayapmiz. Lekin savollar ko‘p.
Birinchi savol: Mijozga bankomat cheki nima uchun kerak? Har holda keshbek berilmaydi-ku?
Buni bekorga aytmayapman. Kameralardan tahlil qilib turamiz gohida. 99 foiz holatlarda mijoz yoki bankomatdan chiqqan chekni olmasdan ketadi, yoki bir ko‘rib tashlab yuboradi. Shu karta qoldig‘ini Bankomat ekrani yoki telefonga kelgan SMS orqali ham bilsa bo‘ladi-ku?
Ikkinchi savol: Nima uchun chekni maxsus chiqindi qutisiga tashlashmaydi?
Hattoki quti to‘lib qolsa yerga tashlashmasin deb, yana bitta qo‘yilgan joylar bor. Holat esa baribir o‘sha-o‘sha.
Rasmga e’tibor qiling, ikkinchi quti deyarli bo‘m-bo‘sh. Bu naqd pul bankomatga yetib kelguncha qanaqa jarayonlardan o‘tishini, qancha xarajat qilinishini tasavvur qila olasizlarmi?
Kimda qanday yechim bor, shunaqa holatlarga doimiy duch kelmaslik uchun?
PS: Bank foiz olayapti-ku, kerak bo‘lsa tozalab qo‘ylaring kabi savollarga darhol javob: Masalan, birgina o‘zim ishlaydigan Hamkorbankdagi har bir 24/7 kioska har kuni 2 mahal tozalanadi. Bank binosidagi bankomatlar doimiy nazorat qilinadi. Lekin odamlar nega chekni avval chiqarib, so‘ng yerga tashlab ketishlarini umuman tushunmayman.