Baxtga qanday erishish mumkin?

Professor har bir talabaga bittadan shar berdi. Talaba sharni shishirishi, qog‘ozga o‘z ismini yozib, shar ichiga qo‘yib, uni xona o‘rtasiga tashlab qo‘yishi kerak edi. So‘ng professor sharlarni aralashtirdi va talabalarga o‘z sharini topib olishi uchun 5 daqiqa vaqt berdi. Talabalar qancha izlamasin, hech kim o‘z sharini topa olmadi.
Shunda professor talabalarga birinchi to‘g‘ri kelgan sharni olib, ismi yozilgan odamga berishni buyurdi. 5 daqiqada har bir talabaning qo‘lida o‘zining shari bor edi.

Bu holatni kuzatib turgan professor talabalarga shunday dedi:

- Bu sharlar baxtga o‘xshaydi. Agar har bir kishi faqat o‘z baxtini topishga harakat qiladigan bo‘lsa, uni hech qachon topa olmaydi. Lekin biz nafaqat o‘zimiz haqimizda, balki yana boshqa birovning baxti haqida qayg‘ursak, shunda o‘z baxtimizga erisha olamiz.