Bayden Finlandiya va Shvetsiyani NATOga qabul qilish haqidagi protokollarni tasdiqlash uchun Senatga taqdim etdi
“Men Finlandiya Respublikasi va Shvetsiya Qirolligining NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi 1949 yildagi Shimoliy Atlantika shartnomasi protokollarini Senat ko‘rib chiqishi va ratifikatsiya qilishga rozilik berishi uchun yubormoqdaman”, — deyiladi Oq uydan iqtibos keltirgan prezident bayonotida.
Uning eslatishicha, protokollar 2022 yil 5 iyulda Bryusselda AQSh va Shimoliy Atlantika shartnomasining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolangan. Hujjatlarning to‘liq ratifikatsiya qilinishi Finlandiya va Shvetsiyaga Shimoliy Atlantika shartnomasi va NATO a’zolari bo‘lish imkonini beradi.
NATOning iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammitida Finlandiya va Shvetsiya ittifoqqa a’zo bo‘lishga taklif qilingan edi. Turkiya taklifga qarshi e’tirozlarini qaytarib olgandan keyin shunday aniq qaror qabul qilindi.
Finlandiya va Shvetsiya qachonki barcha a’zo mamlakatlar parlamentlari ushbu qarorni ratifikatsiya qilsa NATOga a’zo bo‘ladi.