Bayden prezidentlik davridagi eng muhim qarorni qabul qilishga tayyorlanmoqda
AQSh prezidenti Jo Bayden Suriya va Iordaniya chegarasida joylashgan AQSh harbiy bazasiga qilingan hujumdan keyin qiyin tanlov oldida turibdi.
Sky News Oq uy ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, hujum uchun javobgarlik Suriya va Iroqda joylashgan hamda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlar zimmasiga yuklangan.
“Jo Bayden, ehtimol, prezidentlik davridagi eng muhim qarorlardan biriga duch keladi. Agar prezident "o‘ta qattiqqo‘l" bo‘lsa, bu Yaqin Sharqdagi "poroxli bochka"ni yoqishi va mintaqaviy urushga olib kelishi mumkin, agar "o‘ta yumshoq" bo‘lsa esa, Bayden saylovchilar qo‘llashini yo‘qotadi, chunki hujumlar davom etmoqda", deyiladi xabarda.
Ikki kun avval Iordaniya shimolidagi AQSh harbiy bazasiga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum uyushtirilib, uch askar halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan edi. Oq uy o‘z harbiylariga qarshi hujumga javob berishini aytgan bo‘lsa-da, Eron bilan urush yoki Yaqin Sharqda mojaroning kuchayishini istamasligini ta’kidlagan.