Bayden prezidentlik lavozimiga kirishgandan so‘ng Trampning bir qator farmonlarini bekor qilmoqchi

Amerikaning yetakchi ommaviy vositalarining xabarlariga kӱra, saylovlarda g‘alaba qozongan prezidentilikka nomzod demokrat Jozef Bayden 2021 yil 20 yanvar kuni davlat rahbari sifatida ish boshlaganidanoq bir qator farmonlarni imzolashni rejalashtirmoqda. U amaldagi prezident Donald Tramp ilgari surgan ba’zi tashabbuslarni bekor qilmoqchi. Bu haqda «The Washington Post» gazetasi ma’lumotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Demokrat Parijdagi iqlim bo‘yicha kelishuviga qayta qo‘shilib, AQShning Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishni bekor qilmoqchi. Bundan tashqari, u bir qator musulmon davlatlari fuqarolari uchun Amerika hududiga kirishni taqiqlashni bekor qilish va bolalik davrida noqonuniy ravishda olib kelingan odamlarning mamlakatda qolishiga imkon beradigan dasturni tiklashi mumkin.