Bayrutga bomba bilan zarba berilgani taxmin qilinmoqda

O‘tgan yili noyabrda Veterans Today portali Isroilda mikroyadro quroli ustida ish olib borilayotgani haqida ma’lumotlar bergandi.

E’lon qilingan fotosuratda kattaligi pivo bankasidek keladigan, quvvati 1 dan 10 kilotonnagacha bo‘lgan bomba namoyish etildi. Bayrutga xuddi shunday bomba bilan zarba berilgan, deb taxmin qilinmoqda.

Tekshiruvlarga ko‘ra, uning kuchi 6 kilotonnaga yaqin ekvivalenti yoki 12 kilotonna portlash ekvivalentiga teng bo‘lgan. U og‘ir yonilg‘i aralashtirilgan ammiak selitrasidan tayyorlangan. Portlatish texnikasi muhandislarining fikricha, uning portlash kuchi trotilning zarba to‘lqinidan hosil bo‘lgan. Go‘yoki, portda saqlanayotgan 2750 tonna sof ammiak selitrasi bunday dahshatga kamlik qilganday. Portlash tog‘ jinslaridan iborat ulkan krater-chuqurlik hosil qilib, 3,5 ball zilzila keltirib chiqargan.

Yaqinda esa Isroilda oddiy uchuvchisiz apparatlardan tashlangan taktik yadro qurilmasi sinovi aks etgan video paydo bo‘ldi. Xuddi shunday mikrozaryadlar Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi binosini samolyotlar urilishi niqobi ostida vayron qilishda foydalanilgan.

“Mir novostey” (2020 yil, 34-son) asosida T.MUROD tayyorladi.