Belarus Markaziy saylov komissiyasi rasman yakuniy saylov natijalarini e’lon qildi

Belarus Markaziy saylov komissiyasi, mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarning rasman yakuniy natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko uchun 80.1 foiz saylovchi ovoz bergan, uning asosiy raqibi – muholifatchi Svetlana Tixanovskaya 10.1 foiz ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Shu tariqa, Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning saylovlardagi g‘alabasi rasman e’lon qilindi.