Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Samarqandga keldi

Vazir Andrey Ivanetsga Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi konsultanti Svetlana Gavrilova, Belarus rektorlar kengashi raisi Vadim Bogush hamda mamlakatdagi bir qator universitetlar rektorlari hamrohlik qildi.

Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zaro muzokaralarda tomonlar uchun muhim bo‘lgan sohalar: ta’lim, amaliy va fundamental tadqiqotlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida SamDU rektori R.Xolmurodov va Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubev hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Shavkat Akramov.