Belarus: voqealar rivoji. Lukashenko AQShni Belarusdagi tartibsizliklarni uyushtirishda aybladi

Belarusdagi tartibsizliklarni AQSh tashkillashtirmoqda, yevropaliklar ularni qo‘llamoqda, ta’kidladi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko.

“Shunday qil deyilsa – shunday qilishadi. Varshava yonida maxsus markaz tashkillashtirilgan. U nima bilan shug‘ullanayotganini biz nazorat qilmoqdamiz. Og‘ir artileriya harakatga keldi. Tushunyapsizmi, yoningizda notinchlik bo‘lib turgan vaqtda, tanklar harakatga kelsa, samolyotlar uchishni boshlasa, bu tasodif emas”, - ta’kidladi Lukashenko.

Belarus parlamenti spikrlari Yevropa Ittifoqidagi hamkasblarini Belarusdagi vaziyatga nisbatan ob’yektiv, professional o‘rganilgan va mas’uliyatli pozitsiyada bo‘lishga chaqirdi.

Belarus Milliy yig‘ilishi respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova va Milliy yig‘ilish Palata vakillari raisi Vladimir Andreychenko, 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tganini, uning natijalariga ko‘ra Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini eslatib o‘tdilar. Parlament saylovlar mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlari asosida o‘tkazilganini alohida ta’kidladi.     

Yevropa Ittifoqi Belarus hukumatini muholifat tomonidan tashkillashtirilgan Muvofiqlashtirish kengashiga nisbatan ochilgan jinoiy ishni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda YeIning xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati yuqori vakilligi matbuot kotibi Nabil Massralning bayonotida ma’lum qilindi.

“Belarus hukumati jinoiy ishni bekor qilib, uning o‘rniga mazkur inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan muzokaralarni boshlashiga umid qilamiz”, - ta’kidladi Massral.   

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya 22 avgust kuni qayta saylovlar o‘tkazilsa, prezidentlik uchun o‘z nomzodini qayta qo‘ymasligini ma’lum qildi. 

“Yo‘q, men o‘zim qatnashishni rejalashtirmayapman”, - dedi u “Belsat” telekanaliga bergan intervyuda.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.