Shifoxonada davolanayotganlar ham ovoz berdi
- 09.07.2023 11:03
- 29
- SAYLOV

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida joylashgan 121-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
Uchastka komissiyasi raisi Abduvahob Abuxoliqovning aytishicha, markazda 147 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan va ularning jarayonda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
- Yoshim 75 da, to‘rt kundan buyon shu yerda davolanyapman, - deydi Paxtachi tumani Boltali mahallasida yashovchi Farog‘at Jumayeva. - Bu galgi Prezident saylovida shifoxonadan ovoz berdim. Bu yerda ovoz berish uchun barcha sharoit yaratilgan. Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishib, yurtimiz tinchligi, farzandlarim kelajagi uchun munosib nomzodga ovoz berdim.
Teglar:
Prezident saylovi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Bugun, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Bugun, 16:11
- Samarqand