Bepul dori-darmonlar, ko‘zoynaklar tarqatildi
- 12.10.2022 20:13
- 42
- Salomatlik
Faqatgina bu emas. Samarqand shahridagi Kamoliddin Behzod nomli mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan anjuman bepul tibbiy ko‘rik, aholi bilan dildan suhbat kabilarni ham o‘z ichiga oldi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi shifokorlari nafaqa yoshidagi aholini ko‘rikdan o‘tkazib, ularga zarur tavsiyalarni berdi. Shuningdek, ular tomonidan ko‘rikdan kelib chiqqan holda 80 nafardan ortiq fuqaroga bepul dori-darmonlar, ko‘zoynaklar tarqatildi.
“Oqila ayollar” harakati a’zolari tomonidan aholi bilan dildan suhbat o‘tkazildi.
Teglar:
tibbiy ko‘rik