SSV: 18-40 yoshli 12,6 million nafar aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2023 yilda:

➖30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

➖18-40 yoshli 12,6 million nafar aholi profilaktik ko‘rikdan, 40 va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan 6,3 million nafar kishi yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million aholi onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

➖Spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bola dori vositalari bilan ta’minlanadi.

➖Eshitish zaifligi mavjud bo‘lgan 250 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalari o‘tkaziladi, shuningdek, bunday amaliyotlar bajarilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlari almashtiriladi.