Berlinda COVID-19 cheklovlariga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda
- 19.11.2020 08:00
- 76
- COVID-19
Berlin markazida bo‘lib o‘tayotgan COVID-19 cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilishiga ruxsat berilgan va hukumat kvartali yopilgan. Bu haqda RIA Novosti muxbiri mahalliy politsiya bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
Ilgariroq namoyish tashkilotchilari Brandenburg darvozasidan hukumat kvartali yonidagi Katta Tirgarten hududida joylashgan Grosser Shtern maydonigacha namoyish o‘tkazilishiga hukumat tomonidan ruxsat berilgani ma’lum qilgandi.
Biroq namoyishchilar ularni Germaniya Federativ Respublikasi parlamenti (Bundestag) binosiga o‘tkazib yuborishlarini talab qila boshladi. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qilish kuchlari parlament ko‘chasini yopishdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, politsiya Bundestag binosi yonidagi namoyishchilarga qarshi suv purkagich vositalarni qo‘llaganligi haqida ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!