“Besh tashabbus olimpiadasi”: Paxtachilik qizlar gimnastrada musobaqasining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gimnastrada turi bo‘yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 160 nafar xotin-qiz jamoaviy chiqishlarda mahoratini ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Paxtachi tumani xotin-qizlar jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlar Samarqand va Qo‘shrabot tumanlari xotin-qizlar jamoalariga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz: Paxtachi tumani xotin-qizlar jamoasi gimnastrada musobaqasining 2023 yilgi mavsumida respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.