“BestTravel” Dubaydagi vatandoshlarimizga beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda

Samarqanddagi "BestTravel" sayyohlik kompaniyasi jamoasi ko‘ngillilar bilan hamkorlikda yuzaga kelgan bugungi vaziyat tufayli Dubaydan o‘z vataniga qaytib kela olmagan O‘zbekiston fuqarolariga 10 kun davomida beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda.

Ushbu fuqarolar koronavirus infeksiyasidan himoyalanish vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, zarur holatlarda moliyaviy yordam bilan ham ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “BestTravel” turistik tashkiloti jamoasiga, shuningdek, ushbu aksiyada ishtirok etayotgan volontyorlarga shunday vaziyatda yurtdoshlarimizga ko‘rsatayotgan yordami uchun samimiy minnatdorchiligini bildirdi.