Bibliografiya axborot-kutubxona markazi uchun nega kerak?

Bugun kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kitobxonlar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy kutubxonalar barpo etilmoqda. Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi mana shunday kutubxonalar sirasiga kiradi.

Mazkur kutubxonada bir kunda 500 ga yaqin kitobxon va tadqiqotchilar o‘z bilimlarini boyitib, kutubxona xizmatlaridan foydalanadi. Kutubxona foydalanuvchilari uchun yangi adabiyotlar sharhlarini o‘tkazadi, muhim sanalarga bag‘ishlab taqvimlar, ko‘rsatkich va qo‘llanmalar tayyorlab beradi hamda gazeta va jurnallarda chop etilgan dolzarb mavzudagi maqolalar kartotekasini tayyorlab kitobxonlarga taqdim etadi. Axborot kutubxona muassasasida foydalanuvchilar ma’lumotlarni bibliografiya xizmati yordamida topadi. Shuning uchun u AKMning yuragi hisoblanadi.

Bibliografiya – matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qiluvchi, ilmiy va amaliy faoliyat sohasi sanaladi.

Bugun kitobxonlar axborot-kutubxona muassasalarida nafaqat bosma nashrlardan, balki elektron resurslar, multimedialardan foydalanib, o‘ziga kerakli axborotni elektron qidiruv dasturi yordamida tez va qulay topish imkoniga ega.

A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya bo‘limida kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida davlat va jamoat arboblari, san’at va adabiyot, fan fidoyilari va akademiklar olib borgan tadqiqotlar, asarlar, ilmiy maqolalarning to‘liq matnlari, ular haqidagi audio, video resurslaridan iborat ma’lumotlar bazasi disklarda tayyorlanmoqda.

Hozirgi kunda kutubxonada filologiya fanlari doktori, professor Botirxon Valixo‘jayev, Saidrizo Alizoda, Orif Gulxaniy, “Behbudiy merosi bebaho boylik” Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan va boshqa qo‘llanmalar tayyorlangan.

Marjona ShAMSIYeVA.