Bill Geyts COVID-19 vaksinalari haqida yolg‘on da’volar qilganlikda ayblanmoqda

Amerikalik milliarder va Microsoft  asoschisi Bill Geyts Niderlandiya sud idorasiga chaqirilgan.

U koronavirusga qarshi vaksinalarning xavfsizligi to‘g‘risida odamlarni chalg‘itganlikda ayblanmoqda, deyiladi OAVlarda. Geyts vaksinaning ochiq tarafdori va uzoq vaqtdan beri odamlarni COVID-19ga qarshi emlashga undagan va odamlar unga ishonishgan. Biroq, natija jiddiy muammolarga olib kelgan.

The Gateway Pundit ta’kidlaganidek, yetti da’vogar vaksina natijasida salomatligiga putur yetgani va hozir ham jismoniy, ham ruhiy azob chekayotganlarini da’vo qilishdi. Bundan tashqari, tadbirkor emlashlar virusning tarqalishini to‘xtatib, kasallik va o‘limning oldini olishi mumkinligini da’vo qilgani uchun "vaksinaga doir yolg‘on da’volar" qilishda ayblanmoqda.