Biosfera haqidagi ma’lumot sir saqlanadimi?
Tabiiy hududlarni o‘rganish, atrof muhit monitoringini olib borish hamda ekologik ta’lim-tarbiyani takomillashtirish maqsadida 2019 yil 20 martda davlatimiz rahbarining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida viloyatimizda bo‘lgan o‘zgarishlar haqida viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan bir yarim oydan buyon ma’lumot ololmadik. Vaholanki, ushbu qaror mazmunini aholiga yetkazish vazifasi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qatorida tahririyatimizga ham yuklatilgan. Qaror bilan sohaga kiritilgan o‘zgarishlarni so‘rab boshqarmaning axborot xizmati xodimiga, mas’ul mutaxassis va hatto boshqarma boshlig‘iga murojaat qildik, ammo foydasi bo‘lmadi. Balki davlatimiz rahbarining ushbu qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar viloyat boshqarmasida maxfiy saqlanar…
O‘ktam XUDOYBERDIYeV.