Faol xodimlar viloyat hokimining "Faxriy yorlig‘i"ni oldi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan hamda o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashgan viloyat va tuman hokimliklarining bir guruh xodimlari viloyat hokimining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Bu haqda viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

Qobilov Rustam Rajabboyevich - Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i

Ibragimov Nozir Aliyevich - Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi

Alimova Gavxar Zayirovna - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi

Normatova Nuriya Jabborovna - viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i

Umirov Obid Odiljonovich - viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri

Sobirov Sheroz Ilhomovich - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Mamatov Yigitali Aktamovich - viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati bosh mutaxassisi

Urdashev Faxriddin Aramovich - viloyat hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi

Rasulov Mirshod Mirsaliyevich - viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi birinchi toifali mutaxassisi

Anvarov Ansor Alimardon o‘g‘li - viloyat hokimligi huzuridagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" direktori

Xudoyorov Sherzod Erkinovich - viloyat hokimligi axborot-xizmati operatori

Rahmonqulov Shokir Hakimovich - viloyat hokimligi avtogaraji mexanigi

Tashiyeva Nargiza Isrofilovna - viloyat hokimligi farroshi

Napasov Dilshod Ismatovich - Paxtachi tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari

Toyirov Boboxon Shovqiddinovich - Samarqand shahar hokimligi bosh yuriskonsulti

Rasulov Alisher Abdullayevich - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi bosh yuriskonsulti faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.