Bir kunda viloyatda 57 ta karantin qoidabuzarligi aniqlandi

Samarqand viloyatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi va profilaktika inspektorlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xodimlari bilan hamkorlikda avtotransport vositalarining haydovchilari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reydlar natijasida 04.04.2020 yilning soat 20:00ga qadar 57 nafar karantin cheklovlariga rioya qilmay transport vositalarini boshqargan fuqarolarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

"Reyd tadbirlari davom etmoqda. O‘zingiz va o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmang!", deyilgan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.