Samarqandlik mas’ullar yig‘ilishning o‘zida qamoqqa olindi

Energetika vazirligining xabar berishicha, Samarqandda joriy yil 14 fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida viloyatda energetika sohasida sodir yetilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa mas’ullar ishtirok etgan yig‘ilish jarayonida ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.