Eyish mumkin bo‘lgan bayroqlar

Avstraliyaning «WHYBINTBWA» reklama agentligi xodimlari Sidney Xalqaro oziq-ovqat festivaliga juda qiziqarli loyihani taqdim etdi. Ular tom ma’noda turli mamlakatlar bayroqlarini ularning milliy taomlaridan «tayyorladi».

Bayroqlar dunyoning turli mamlakatlari milliy koloriti va o‘ziga xosligini aks ettirib, ushbu mamlakatlar ramzlarini mashhur milliy taomlar ko‘rinishida hamda an’anaviy hisoblanadigan mahsulotlar bilan bezatilgan holda taqdim etdi. Aytish kerakki, loyiha juda qiziqarli va ko‘zni qamashtiruvchi, asosiysi, ishtaha keltiradiganbo‘lib chiqdi.

Italiya bayrog‘i shaklidagi taomni bezash uchun rayhon, makaron va pomidordan foydalanildi

Braziliyaning sariq va yashil rangli bayrog‘i banan barglari, laym bo‘laklari, ananas va marakuyya mevalari yordamida yaratildi


Hindiston bayrog‘i karri (hind ziravorlari aralashmasi), guruch, sabzavot va yasmiq unidan tayyorlangan yupqa yassi kulchadan tayyorlandi

Yaponiya bayrog‘i yaratilishida tunets balig‘i va guruchdan foydalanildi


Gretsiya bayrog‘i gilos zaytun va yupqa to‘g‘ralgan feta pishlog‘idan yaratildi


Livan bayrog‘i lavash noni, ko‘katlar va fattush deb nomlanadigan sabzavot bilan bezatildi


Vyetnam bayrog‘i doimiy yashil daraxtlar hosili - rambutan, lichi va yulduz mevalaridan tayyorlandi

Avstraliya bayrog‘i bezagi sifatida go‘shtli pirog va sous kerak bo‘ldi, xolos

Janubiy Koreyaning oq, qizil va qora rangli bayrog‘i Kimbap deb nomlanadigan mahalliy delikates va qizil qayladan tayyorlandi

Buyuk Britaniya bayrog‘ini yaratish uchun suli unidan pishirilgan skone bulochkasi, bir necha turdagi murabbo va kremlardan foydalanildi

Fransiya bayrog‘i shaklidagi taomni bezash uchun ko‘k pishloq, Bri pishlog‘i va uzum kerak bo‘ldi


Xitoy bayrog‘i ajdaho mevasi pitaya va karam boladan yaratildi


AQSh bayrog‘idagi yulduzlar va chiziqlarni xot-dog va xantal bezab turdi


Indoneziya milliy bayrog‘i shaklidagi taomni bezash uchun achchiq karri va oq guruchdan foydalanildi



Turkiya bayrog‘ini qandolatchilik mahsuloti milliy pushti rangli rohat-lukum bezadi


Ispaniya bayrog‘i chorizo deb nomlanadigan achchiq qizil qalampirli kolbasa ​​va za’faron guruchi yordamida yaratildi

Tailand bayrog‘ini shirin chili sousi, ko‘k qisqichbaqa va kokos yong‘og‘i bezab turdi

Shveysariya bayrog‘ini tayyorlash uchun Sharkutr go‘sht kesmalari va Emmental pishlog‘idan foydalanildi

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.