Bir o‘quv yilida 700 ta IELTS xalqaro sertifikati: Samarqanddagi Fast Education o‘quv markazining siri nimada?

Rostdan ham, Samarqand shahrida joylashgan Fast Education o‘quv markazining bir qator bitiruvchilari bugun dunyoning eng nomdor oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishadi. Hatto ayrim bitiruvchilar xorijda ilmiy darajalar olishni boshlashdi. Misol uchun, mazkur nodavlat ta’lim muassasasi bitiruvchilardan biri Damir Musayev AQShning Kaliforniya shtatida mashhur YALE universitetida doktorlik dessirtatsiyasini yoqlayapti.

Markaz “IDP Australia” IELTS tashkiloti bilan birgalikda Botir Jo‘rayev tashabbusi bilan barchaga qulaylik yaratish uchun Samarqandda birinchilardan bo‘lib rasmiy IELTS imtihonini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 2020-2021 o‘quv yili davomida 700 dan ortiq Fast Education o‘quvchilari imtihon topshirib, o‘rtacha 6.0-6.5 ballik natija ko‘rsatishgan. Shu o‘quvchilardan biri Shahzoda Nabiyeva 8.5 ballni qo‘lga kiritdi. Yana ko‘plab o‘quvchilar CEFR sertifikatini yuqori ballar bilan qo‘lga kiritgan.

Muassasa rahbari Botir Jo‘rayev 2019 yilning avgust oyida “Cambridge Assessment English”dan nufuzli CELTA sertifikatini qo‘lga kiritgan. O‘z ustida muntazam ishlaydigan pedagog uchun nafaqat yurtimizdagi, balki xorijiy muassasalarda ham dars berish maqomini beruvchi xalqaro pedagogik sertifikat katta yutuq hisoblanadi. Botir Jo‘rayev esa joriy yilda xalqaro darajadagi o‘qituvchilarga saboq berish huquqini qo‘lga kirituvchi xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi — “Train the trainer”, ya’ni "Ustozlar ustozi". Bunday maqom esa har qanday mamlakatda ozchilik pedagoglarga nasib etadi.

Uning rahbarligida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida o‘qib, 14 nafar ingliz tili o‘qituvchilari birgalikda xalqaro darajadagi TESOL sertifikatini qo‘lga kiritishgan. Mazkur sertifikat Botir Jo‘rayevga nafaqat respublikadagi barcha ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari malakasini oshirish, ularni xalqaro pedagogik texnologiyalar va metodlar bilan tanishtirish imkonini beradi. Xullas, yutuqlar oz emas. Eng muhimi, bu yerda o‘quvchilar ingliz tilini mukammal o‘rganadi.

Xo‘sh, bunchalik ko‘p natijalarga erishishning sababi nimada?
Eng birinchisi, bu yerda nafaqat o‘quvchilar, balki talabalar, o‘qituvchilar, til o‘rganishni istovchi har qanday odam tezda sifatli natijaga erishadi. Darvoqe, “Fast Education” — tezkor ta’lim degani. Yanayam to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lish uchun markaz va Botir Jo‘rayev faoliyati bilan qisqacha tanishamiz.

Muassasa direktori Botir Jo‘rayev avval Samarqand davlat chet tillar institutida, keyin 2003-2005 yillarda Dehli universitetini “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Ma’lum muddat SamDChTIda o‘qituvchilik qilgach, 2007 yilda “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasiga asos solgan.

O‘tgan 16 yil ichida muassasa mustahkam namunaviy obro‘ga ega bo‘lgan. Bu yillar mobaynida talaba va o‘qituvchilar ingliz tilidan saboq olib kelayotgan «Fast Education» nodavlat ta’lim muassasasining bitiruvchilari 23 mingdan oshgan. Muassasada o‘qish istagida bo‘lganlar soni oshib borayotgani, uzoq tumanlardan ham kelib o‘qiyotganlar ko‘pligi sababli Toyloq, Urgut, Samarqand tumanlaridagi filiallarga asos solingan.

Botir Jo‘rayev muassasaga yuqori bilimga ega pedagoglarni ham yig‘a olgan. Ularning aksariyati shu muassasa bitiruvchilari. Hozir ham eng yaxshi bitiruvchilar shu markazning o‘ziga ishga taklif etiladi.

Umuman, markazda ishga yangi qabul qilinadigan har bir yangi kadr uchun maxsus qayta tayyorlov kursi tashkil etilgan bo‘lib, bu kurs markaz rahbari o‘zi ishtirok etgan xalqaro o‘quv kurslari ta’lim tizimiga moslashtirilgan. Bu kursda yangi qabul qilingan o‘qituvchilar malakasi oshirib yangi pedtexnologiyalarni va ular orqali dars olib borishni o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Yana bir gap. O‘quv markazi har yili turli xayriya aksiyalari o‘tkazishi bilan ham ko‘pchilikning mehrini qozongan. Masalan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari darslarga bepul jalb etiladi. Bugungacha bu yerda tahsil olgan qator mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari nufuzli oliygohlarga qabul qilingan.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga shart-sharoit yaratish maqsadida bepul, grant asosida o‘qishlariga imkon yaratilgan.

Markazda yil sayin loyihalar soni oshib bormoqda. 2020 yildan "Fast Education" qoshida "Fast Kid’s Academy" nomi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga e’tibor qaratilgan. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Singapur boshlang‘ich ta’lim tajribalaridan kelib chiqib nutq so‘zlash qobiliyati, yozish va o‘qishga tayyorlash, shaxmat va karate hamda mental arifmetika darslari olib boriladi.

"Fast Education" ta’lim muassasida ingliz tilidan tashqari, koreys tili, rus tili, matematika, logika va mental arifmetika kurslari xam bor. Fast Education’da o‘quvchilar yozgi va qishki ta’tilni Botir Jo‘rayev boshchiligida chet eldagi institutlarda o‘tkazishlari va xorijlik o‘quvchilar bilan muloqot an’anaga aylangan. SolBridge xalqaro biznes maktabi tomonidan tashkil etilgan musobaqada "Fast education" o‘quvchilari taqdimoti barcha davlatlar ichida g‘olib deb topilgan.
Umuman, markazning o‘qitish tizimi, yuqori darajadagi muhit mamlakatimizga hali minglab bilimli va salohiyatli kadrlarni yetishtirib beradi.

"Fast Education" nodavlat ta’lim muassasasi axborot xizmati.

Reklama o‘rnida