«Birgina e’tibor jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishda yordam bermoqda»
Samarqan davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori Xudoynazar Yunusov Samarqand shahridagi Oqsaroy, Temiryo‘lchilar, Qo‘rg‘oncha, Bog‘iston va Birlik mahallalarida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor yoshlarning turmush tarzi, orzu-havas va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Ularning muammolarini tinglab, tavsiyalarini berdi. O‘z navbatida yoshlar bilan manzilli ishlash, muammolarini hal etish va ko‘maklashish borasida chora-tadbirlar belgilandi.
- Rektor bilan ikkinchi bor uchrashishim, - deydi Birlik mahallasida yashovchi Sherbek Ibragimov. – Ustachilik bilan shug‘ullanaman, qo‘limdan hamma ish keladi. Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur, deyishadi. Rektor ana shularni hisobga olib ustachilik asbobini sovg‘a qildi. Bunday e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.
- Bu kabi uchrashuv va suhbatlar biz, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizda yordam bermoqda, - deydi Georgiy Abalov. – Men ham ustachilik bilan shug‘ullanaman. Kerakli uskunalarim bo‘lmaganligi bois ancha qiynaldim. Endi esa hammasi o‘zgardi. Menga yangi «Bolgarka» ustachilik anjomlarini olib bergan universitet rektoriga katta rahmat.
Shuningdek, bir guruh yoshlar universitetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirildi.
Rustam Hayitov.