Birinchi chorakda mehnat migrantlariga 1 milliard so‘mdan ortiq mikroqarz ajratildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, shu yilning 3 oyi davomida 2 ming 167 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 51 ming 498 nafariga maslahat xizmatlari, 2 ming 930 nafariga ijtimoiy yordam, 976 nafariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan 276 ming AQSh dollaridan ortiq miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi. 7 ming 661 nafar mehnat migranti sug‘urta xizmatlaridan foydalangan.

Bundan tashqari, 513 nafar mehnat migrantiga 1 mlrd. 26 mln. so‘m miqdorida mikroqarzlar ajratilishi ta’minlangan.