“Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari bor” — Prezident

Bu haqda davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

“Hududlarning birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hokimlarning ish rejasi bilan tanishib chiqdim.

Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalani ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor”, dedi davlat rahbari.

Shu bois har bir viloyat, tuman va shahar hokimiga:

- o‘z hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish;

- aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha oyma-oy rejalarini tasdiqlash topshirildi.

Soha uchun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish topshirildi.