Birlashgan Arab Amirligida katta yong‘in, o‘ntacha tanker yonib ketgan

Bugun ertalab mahalliy vaqt bilan soat 04:00 va 07:00 oralig‘ida BAA ning Fujayra portida bir nechta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash shu portda turgan tankerlardan kelib chiqqani natijasida ro‘y bergan. Shundan so‘ng yong‘in ko‘lami kengayib kamida yettita neft ortib yuradigan tankerlarga tarqab ketgan.
Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berayapti.
Manbalarning xabar berishlaricha, yettitadan o‘ntagacha tanker yonib ketgan. Yong‘in sabablari aniqlanmagan. Halokat yuz bergan joyda qutqaruvchilar ish olib borishmoqda.
Guvohlarning ma’lum qilishlaricha, o‘sha paytda port joylashgan hududning tepasida osmonda bir nechta AQSh va Fransiyaga tegishli samolyotlar uchib yurgan bo‘lgan.