Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti boshlandi

Bishkekda bugun, 9 dekabr kuni YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi.

Tadbir kun tartibida 20 ga yaqin masala bor. Bular, jumladan, sanoat sohasida kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish, umumiy bozorlarni, jumladan, gazni shakllantirish, savdo yo‘lidagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar, kelasi yil uchun xalqaro faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va boshqalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlaganidek, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va O‘zbekiston “gaz ittifoqi”ni yaratish bo‘yicha Rossiya tashabbusi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekka yetib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga 9 dekabrga rejalashtirilgan tashrifi qoldirildi. YeOII sammitida O‘zbekiston nomidan Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etadi. O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega.