Bishkekning markaziy maydoniga zirhli texnika va harbiy avtomobillar olib kelindi

Bishkek markazida bir nechta zirhli transport va harbiy yuk avtomobillari saf tortdi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi. 

Ayni vaqtda Bishkekning markaziy maydonida harbiy texnika va harbiylar joylashtirilmoqda, shuningdek, tez yordam va IIV avtomobillari ham yetib kelgan.  

Qirg‘izistonda 4 oktyabr, parlament saylovlari o‘tkazilganidan so‘ng ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar boshlandi. Namoyishchilar saylov natijalari bekor qilinishini talab qildi va bunga erishdi.  

8 oktyabr kuni Bishkekdagi tartibsizliklar davom ettirildi. Shaharning markaziy maydonida, iste’foga chiqarilgan Qubatbek Boronov o‘rniga Bosh vazir lavoziminiga tayinlangan muxolifatchi Sadir Japarov tarafdorlari va unga qarshi taraf o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.