Bishkekdagi portlashda bir ayol halok bo‘ldi, yetti nafar bola jarohatlandi (video)
- 08.11.2019 17:17
- 188
- Xorij
Qirg‘iziston poytaxti markazidagi kafeda uchta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 13 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi Sputnik.
«Yong‘in vaqtida fastfud xodimasi voqea joyida halok bo‘ldi. Jami 13 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari bolalar. Shifoxonaga 6 kishi yotqizildi, qolganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi. Shifoxonaning umumiy jonlantirish bo‘limiga tanasining 25-30 foiz kuyishi tashxisi bilan 2 kishi, kuyish bo‘limiga 3 kishi (tanasining 5-13 foiz kuyishi) bilan yotqizildi», deyilgan xabarda.
Bugun, 8 noyabr kuni Chuy va Erkin shoh ko‘chasi kesishmasidagi kafe yonib ketdi. Guvohlar uchta kuchli portlash yuz bergani haqida aytishdi. Militsiya kamida ikkita portlash haqida xabar qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ballonlari portlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa