"Biz murakkab iqtisodiyotni o‘ldirdik": Ukrainalik siyosatshunos mamlakatdagi "noyob" holat haqida
Ukraina bugungi kunda kapital va ishchi kuchi bir vaqtning o‘zida chiqib ketayotgan yagona davlatdir, bunday fikrni ukrainalik siyosatshunos Vadim Karasev "Ukraina-24" telekanali efirida bildirdi.
"Biz kapitali va ishchi kuchi chiqib ketayotgan yagona «noyob» davlatmiz... Men haliyam demografiyamiz - Yevropaning eng qadimgi aholisi va afrikancha iqtisodiyot haqida aytmayapman. Biz murakkab iqtisodiyotni o‘ldirdik. Bizda oddiy monoprofil bu – g‘alla, soya, makkajo‘xori. Makkajo‘xori chempionlari", - deb kuyindi Karasev.
Uning fikricha, bugungi kunda mamlakatda aniq iqtisodiy doktrina mavjud emas va to‘lov balansi taqchilligini qoplashning yagona yo‘li bu - aholining mehnat migratsiyasi va ishchilardan kelayotgan «perevodlar».
"Ammo muammo shundaki, bu endi ish bermayapti. Oldin ish bergan - 2017 yilda 15 milliard dollar, 2018 yilda yoki 2019 yilda - 12 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Hatto COVID davrida ham ishchilar Ukrainaga 12 milliard dollar keltirishdi… Oddiy ukrainaliklar Polsha, Finlyandiya, Germaniya va boshqalarga chiqib ketmoqda. Va ular vataniga qaytishmaydi, chunki ular ishonishmaydi", dedi Karasev.
Avvalroq Ukraina sobiq Iqtisodiyot vaziri Viktor Suslov mamlakat hukumati va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi yangi kelishuvlar uning iqtisodiyotiga zarba berishini va prezident Vladimir Zelenskiyning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga bo‘lgan barcha umidlarini puchga chiqarishini aytgandi.