Bloklash — jamiyatga faqat zarar keltiradi: Allamjonov "Twitter" va yana bir qancha tarmoqlar blokdan chiqarilishini ma’lum qildi
O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi. Aytish lozimki, mazkur hodisa Prezident adminstratsiyasidagi kadrlar o‘zgarishlari ortidan yuz bermoqda.
O‘tgan oyda Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlangandi. Ko‘p o‘tmay yana bir tayinlov amalga oshirildi — Komil Allamjonov Administratsiya rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi.
“Bugundan boshlab mamlakatimizda "Twitter", "WeChat" va "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqlaridan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati to‘liq tiklanmoqda. "TikTok" platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda, natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. Blokirovkalar rivojlanishga faqat zarar keltiradi”, deyiladi Komil Allamjonovning telegramdagi sahifasida.