BMTning 500 nafardan ortiq xodimi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan

Ulardan 50 nafarga yaqini BMTning bosh qarorgohi Jenevada. Bu haqda BMTning Jenevadagi Bosh ofisi bosh direktori Tatyana Valovaya ma’lum qildi.

“Dunyo bo‘ylab 500 odam, Jenevada 50 nafarga yaqin xodimda koronavirus holati qayd etilgan. Bizda Jenevadagi bosh qarorgohda dastlab sakkizta holat edi. Barcha holatlar o‘rta og‘ir darajali baholangandi. Afsuski, bir qator halqaro tashkilotlarda qurbonlar bo‘ldi. Biroq vaziyatdan kelib chiqib, xodimlarimizni himoya qilish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni qo‘lladik”, dedi Valovaya.

U shuningdek, zaruriy chora-tadbirlarni qo‘llagan va xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda Millatlar Saroyi iyun oyidan boshlab xodimlarni yana o‘z saflariga qaytarishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh qarorgohida jonli muloqot tadbirlari ham qayta tiklanadi.