Bobur Mirzoning sadoqati

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qilayotganlarida Makkaga qarab “Qanday yaxshi yurtsan, agar qavmimdan bu darajada ozor va sitamlar bo‘lmaganida seni hech qachon tark etmagan bo‘lardim” deganlar. 

Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning yurtni tark etishiga atrofidagi kishilarning xiyonati, jabru sitamlari sabab bo‘lgan. Bobur Mirzo bir she’rida shunday deydi:

O‘tinchim har ro‘z besh vaqt namozda,

Xor qilma yot yurtda yaxshi, yomonga.

Va, kechir so‘nggi dam yuzim o‘girsam,

Qiblamas, ona yurt Andijon tomonga.

Bobur hazratlari ushbu to‘rtligida Allohim meni kechir so‘nggi damda, Senga omonatimni topshirayotganimda yuzimni qiblaga emas, Andijon tomonga qaratsam, deganlar. Bu yurtga muhabbat, ona shahri - Andijonga bo‘lgan buyuk sadoqatdir. Necha minglab chaqirim uzoqda hazrat Bobur yuzini Andijon tomonga burgani bilan unga saroy devorlaridan boshqa narsa ko‘rinmas edi, aslida. Ammo bunda Vatanga bo‘lgan buyuk muhabbat, kelajak avlod uchun esa katta saboq bor.

Ilhomiddin Mardiyev.