Boburxonlik kechasini xorijlik mehmonlar ham kuzatdi

Registondagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi, Registon ansambli mustaqil direksiyasi hamda shahardagi 2- va 77-umumta’lim maktablari hamkorligida mohir sarkarda, buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Unda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, g‘azal va ruboiylari hamda “Boburnoma” asari, uning shoh sifatida amalga oshirgan ulkan bundkorlik ishlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kechada maktab o‘quvchilari Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan namunalar o‘qishdi, uning siymosi jonlantirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

 

Tadbirni Registon ansambliga tashrif buyurgan mahalliy va xorijlik sayyohlar ham katta qiziqish bilan kuzatdi. Ular avlodlar tomonidan ajdodlarga ko‘rsatilayotgan bunday hurmat-ehtiromni yuksak baholadi.

O‘zMTDP Samarqand shahar kengashi axborot xizmati.