Bog‘chada to‘lov nega bir million so‘m?

Baxtiyor KOMILOV,

Samarqand shahri.

– Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir bola uchun to‘lanayotgan badal pullari tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan belgilanadi. Narx belgilashda maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan qulayliklar, to‘garaklar soni, taomnomadagi xilma-xillik e’tiborga olinadi. Shunga ko‘ra, Samarqand shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi badal pullari 400 ming so‘mdan bir million so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratilmaydi.

 

Savolga Samarqand shahar

maktabgacha ta’lim bo‘limi

mudiri D.SAYDULLAYeVA javob berdi.