Bog‘dorchilik va issiqxona qurish uchun moliyaviy yordam beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb etilgan kreditlar bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha moliyaviy manbalari etib belgilandi.
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha moliyaviy manbalari intensiv bog‘ barpo etish va issiqxona qurish hamda ularni lizing va kredit shartlari asosida berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Loyiha tashabbuskorlariga barpo etilgan intensiv bog‘ va qurilgan issiqxonalar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi «Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq lizing va kredit shartlari asosida beriladi.