Boks: Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Xabar berganimizdek, Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Chempionatda umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar terma jamoasi 8 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza, ayollar terma jamoamiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar
Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibullo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal:
+92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar
Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:
-54 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova