Bola asrab olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

«Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.

Xususan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas.

Shuningdek, hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.