Bolalar qaysi yoshda niqob taqishgani ma’qul?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti:
- 5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va niqobni minimal yordamda tegishlicha qo‘llay olishiga asoslangan.
- 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganlik darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta’lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta’siri.
- 12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo‘lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. Misol uchun, bolalar 1 metrdan ko‘proq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda niqob taqishi kerak.