Bolalar sho‘xligidan uyga o‘t qo‘ydi

Kecha, 9 iyul kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani “Yangi hayot” MFY Yangi hayot ko‘chasi 16-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib borgan 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida uyning 300 kv metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Shuningdek, yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Yong‘in oqibatida uyning 90 kv metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berishicha, hodisaning taxminiy kelib chiqish sababi bolalarning sho‘xligi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.