Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi
- 10.06.2022 12:19
- 53
- Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish» xizmati ishga tushirildi.
Endilikda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan o‘tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Talabgorlar oliy ma’lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega bo‘lishi kerak.
Xizmatdan foydalanishda to‘lov undirilmaydi.
Ekspertlarni akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ekspertlarga guvohnoma beriladi. Guvohnomaning amal qilish muddati – 5 yil.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa